13 noyabr 2015

FERMERNING YANGI LOYIHASI

Urganch tumanidagi "Bahrom” fermer xo‘jaligi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan, izchil izlanishlar natijasida u ko‘p tarmoqli tadbirkorlik sub’ektiga aylantirildi.
Xozir bu yerda 300 bosh qoramol parvarishlanayapti. Binobarin, xo‘jalikda yetishtirilgan sut va meva-sabzavot mahsulotlari shu yerning o‘zida qayta ishlanmoqda. Bundan tashqari, non sexi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mazkur jamoada 48 kishi mehnat qilayotir.
Yaqinda fermer ichki bozor talabidan kelib chiqib, yana bir loyihani amalga oshirdi. Ya’ni xo‘jalikning o‘z mablag‘i hamda 800 million so‘m miqdoridagi bank krediti evaziga 500 tonna sig‘imga ega sovutkichli omborxona barpo qilindi. Xozir bu yerda 350 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari va sarxil mevalar zaxirasi jamg‘arilgan. Bu boradagi ishlar qizg‘in davom ettirilayapti.
         Bugungi kunda Xorazm viloyatida 48 ta ana shunday zamonaviy omborxona mavjud bo‘lib, ulardan 6 tasi joriy yilda qurilib, ishga tushirildi.

Oybek RAHIMOV, "Xalq so‘zi” muxbiri
"Xalq so‘zi” 2015 yil 2 noyabr, № 211 (6394)
скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Qo'shimcha ma'lumotlar:

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh

Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari ro‘yxati

Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari ro‘yxati
09.09.2015   Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputatlari RO‘YXATI   1 Odamboeva Nodira Ozodovna 1968 yil O‘zXDP

Nuroniylar hamisha e’zozda

Nuroniylar hamisha e’zozda
"Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida "Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimizdir” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi.
Mustaqillik

Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari

Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari
Poytaxtimizda eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida "Istiqlol farzandlari” yoshlar

Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin

Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Omilkor va