22 avgust 2015

“Yurt kelajagi – 2015” respublika iqtidorli yoshlar tanlovining mamlakat bosqichida 419 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tanlov iste’dodli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalar borasidagi izlanishlarini munosib rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovning tuman va viloyat bosqichlarida yurtimizning turli hududlaridan minglab yoshlar o‘zlarining yangi g‘oyalari, intellektual salohiyati, puxta biznes rejalari, arxitektura va dizayn sohasidagi loyihalarini namoyish etdi. 

Mamlakatimizning turli burchaklaridan kelgan saralangan iqtidorli yoshlar uchun "Lochin" oromgohida o‘tkazilgan tanlovning final bosqichi unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar turli soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari, seminar va treninglar, madaniyat va san’at vakillari bilan uchrashuv va anjumanlarda qatnashdi. Maxsus ishlab chiqilgan interaktiv dastur bo‘yicha o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish usullarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. 

Tadbir doirasida tashkil etilgan turli davra suhbatlari, ko‘ngilochar dasturlar va sport bellashuvlarida yoshlar yangi do‘stlar orttirdi, bilimini boyitib, tajriba almashdi. Konsertlar, viktorinalar, badiiy ko‘rgazmalar, intellektual bellashuvlar tanlovning yoshlarga xos barkamollik, zakovat va ma’anaviyat bayramiga aylanishida alohida ahamiyat kasb etdi.

– Tanlov doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarda yoshlarning innovatsion loyihalari va ilmiy ishlanmalari atroflicha muhokama etildi, – deydi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sarvar Ashurov. – Shuningdek, oromgohda g‘oliblarning ijodiy ishlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar, an’anaviy va amaliy san’at, adabiyot va jurnalistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. An’anaga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha 3, jami 33 nafar g‘olib saralanib, tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng qiziqarli deb topilgan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Manba: O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Qo'shimcha ma'lumotlar:

2015 yil — «Keksalarni e'zozlash yili»

2015 yil — «Keksalarni e'zozlash yili»
Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat

Nuroniylar hamisha e’zozda

Nuroniylar hamisha e’zozda
"Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida "Keksalarni e’zozlash – muqaddas burchimizdir” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi.
Mustaqillik

Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari

Baxtli mamlakatning baxtiyor farzandlari
Poytaxtimizda eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligi munosabati bilan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida "Istiqlol farzandlari” yoshlar

Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin

Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Omilkor va