22 oktyabr 2020

Aholini ro‘yxatga olish nima maqsadda o‘tkaziladi

Aholini ro‘yxatga olish nima maqsadda o‘tkaziladi

Bilamizki,bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida katta ijtimoiy-iqtisodiy jarayon - aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga keng ko‘lamdagi tayyorgarlik  ishlari olib borilmoqda.Mazkur tadbirning ko‘lamdorligi va ahamiyati  uni o‘tkazishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan ham anglanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni qabul qilindi. Farmonda alohida band sifatida O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqish vazifasining  belgilanishi ortidan 2020 yil 16 martda  mazkur Qonun qabul qilindi.  Qonunda  aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mezonlar qatorida tadbirning maqsadi ham belgilab berilgan.  Xo‘sh, aholini ro‘yxatga olishning o‘zi nima, u bizga nima beradi,degan savol ko‘pchilikda tug‘ilishi tabiiy. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, aholini ro‘yxatga olinishi natijasida:

  • Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan aholining yoshi, jinsi,

tarkibi, millati, ma’lumoti, oilaviy sharoiti, daromadlari haqidagi to‘liq va aniq ma’lumotlar shakllantiriladi va ro‘yxatga olinishlar oralig‘ida shu ko‘rsatkichlarning rivojlanish dinamikasi aniqlanadi;

  • Olingan ma’lumotlarga asoslanib mamlakatimizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari shakllantiriladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolli dasturlari,ma’lum bir hududlarni rivojlantirishning qisqa,o’rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan reja-dasturlari ishlab chiqiladi;

  • Aholining bandligini ta’minlash,xususan yangi ish o‘rinlarini yaratish,mehnat resurslarini samarali joylashtirish, xalq salomatligi,ayniqsa onalar va bolalar salomatligini yaxshilashga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqishning imkoni yaratiladi;

  • Aholini ro‘yxatga olish natijasida to‘plangan ma’lumotlar asosida xalqaro standartlar talabiga mos ravishda ma’lumotlar bazasi yaratiladi va o‘z navbatida ushbu ma’lumotlardan ilmiy izlanishlar olib borishda keng  foydalaniladi. Nihoyat eng muhimi olingan ma’lumotlar orqali O‘zbekistonning  xalqaro reytingini oshirishga erishiladi.

    Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish kamida 10 yilda                 bir marotaba o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan va ushbu jarayon aholini ro‘yxatga olishning muntazamligi,tadbirni  markazlashgan holda,aniq dastur asosida va aniq bir muddatda o‘tkazilishi ( mamlakatimizda 2022 yilning  noyabr oyida), aholini ro‘yxatga olishning maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan o‘tkazilishi, tadbirda aholining to‘liq qamrab olinishi, ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi kabi muhim tamoyillarga asoslanadi.

        Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bu tadbir birinchi marotaba amalga oshirilyapti. Shu boisdan  uch bosqichda (1-bosqichda tashkiliy-tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi, 3-bosqichda olingan ma’lumotlar umumlashtiriladi va jamlanib,yaxlit ma’lumotlar bazasi yaratiladi) o‘tkazilishi belgilangan mazkur tadbirga barcha davlat va jamoat tashkilotlarining faol jalb qilinishi kutilmoqda.

             O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi  aholini ro‘yxatga  olish sohasidagi maxsus vakolatli  davlat organi qilib belgilangan. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik  ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida 2020 yilning    avgust oyidan e’tiboran Statistika qo‘mitasi tarkibidagi barcha hududiy boshqarmalarda "Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limlari tuzildi. Ayni kungacha viloyat statistika boshqarmasida tashkil qilingan mazkur bo‘lim mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi doirasida  ishlar olib borilmoqda. Xususan, shu kungacha viloyatimizning Urganch shahri, Hazorasp, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlarida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari,hududlarda tanlanma kuzatuvlar,ommaviy-axborot vositalari orqali mavzuga doir chiqishlar amalga oshirilmoqda, aholi gavjum bo‘lgan joylarda (moliya muassasalari va bozorlarda)  o‘rnatilgan monitorlar orqali tadbirning butun mohiyatini yorituvchi roliklar namoyishi  yo‘lga qo‘yilmoqda.  Shuningdek, Xorazm viloyati  "Er resurslari va davlat kadastri ” boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar va tumanlardagi statistika bo‘limlarini jalb qilgan holda  aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda  aholi yashash punktlarining kartografik chizma materiallarini (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma’muriy tumanlar xaritasi) tayyorlash ishlari  olib borilmoqda. Tanlanma kuzatuvlari davomida ma’lum  bir aholi punktida yashovchilar soni ko‘rsatilgan holda xonadon va uylar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ko‘chalarning to‘liq nomlangani, mavjud uy va xonadonlarning to‘liq raqamlanganligi va raqam belgilarining o‘rnatilganligi kuzatilib,natijalari asosida maxsus qaydlar yuritilmoqda. Shu kungacha Urganch shahridagi №29-son "Baynalminalchi”, №20-son "Obihayot”, №8-son "Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, Urganch tumanidagi "Miroblar”  mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli "Yormish-yop” aholi yashash punktida,”Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli "Amudaryo” aholi yashash punktida va ”Uyshin” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli "Uyg‘ur” aholi punktlarida ana shunday tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Aytish lozimki, shu hududlardagi bir qancha uylarning belgilangan tartibda raqamlanmaganiga yoki  noto‘g‘ri raqamlanganligiga guvoh bo‘ldik. Bu kabi muammolar ish jarayonida uchrashi tabiiy. Ishimizning asosiy maqsadi ham aslida shu –mavjud kamchilik va xatoliklarni vaqtida aniqlash va bartaraf qilish , shu orqali 2022 yilga belgilangan katta ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirni yuqori saviyada, aholini to‘liq qamrab olgan holda  tashkil etish va o‘tkazishga erishishdir. 

 

                                                  Ulug‘bek Matyoqubov

                          Viloyat statistika boshqarmasi"Ro‘yxatga olish jarayonini

                               tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Qo'shimcha ma'lumotlar:

Aholini ro'yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor

Aholini ro'yxatga olish barchaga va har bir insonga daxldor
Avvalam bor aholini ro'yxatga olish - bu aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarini yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etishning yagona jarayoni bo'lib, u ma'lum

2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»

2011 yil — «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»
Mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va

2012 yil — «Mustaxkam oila yili»

2012 yil — «Mustaxkam oila yili»
Jamiyatimizning asosi bo‘lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda

2013 yil — «Obod turmush yili»

2013 yil — «Obod turmush yili»
2013 yilning «Obod turmush yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan mamlakatda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash vazifalarini amalga

2014 yil — «Sog‘lom bola yili»

2014 yil — «Sog‘lom bola yili»
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy etuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega,