Mustaqillik bergan imkonim.

13.09.2021 348 Yangiliklar
Хива тумани ҳокимлиги ахборот хизмати, [11.09.21 11:48]

Mustaqillik har bir fuqaro uchun yuksak imkoniyatlar, xalqimizning milliy-ma’naviy jihatdan tiklanishi, qadriyat va an’analarning qadr topishi, millat sifatida jahon hamjamiyatida o’z o’rnimizga ega bo’lishimizga, mustaqil iqtisodiy hayotga ilk pilapoya bo’lib xizmat qildi. Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarosi bo’lgan har bir ongli inson hamjihatlik, bag’rikenglik, mehr-oqibat, tolerantlik, ahillik kabi yuksak insoniy fazilatlarga, milliy mintalitetimizga hurmat, an’ana va urf-odatlarga sadoqat, Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’ullik, kelajakka e’tibor kabi yuksak fazilatlarni yurak-yuragiga singdirgan.
  Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan har bir islohot, yangilanishlar, bunyodkorliklar xalqimizning farovonligi, yuksalishi, osoyishta hayotining manbayi bo’lib xizmat qildi. Xalqimiz mustaqiligini qo’lga kiritgan davrdan beri mana 30 yil o’tdi, shu muddat ichida mamlakatimiz ulkan bunyodkorlik maskaniga aylandi, jahon hamjamiyatida o’z o’rni, o’z so’zi bo’lgan davlat sifatida ko’plab mamlakatlar tomonidan tan olindi. E’tirof qilindi. O’zining rivojlanish dasturi, taraqqiyot modeli bilan ko’plar e’tiboriga tushdi.Qiyinchiliklar, mashaqatlar chig’irig’idan omon o’tdi. Bugun anashu mashaqatlar, ko’zlangar harakatlar o’z natijasini bermoqda.
  So’ngi kunlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, hususan davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy qilish orqali ijtimoiy-ma’naviy, iqtisodiy hayotni yanda yaxshilash, tubdan yangilash borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda.Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik harakatlari ortida tinchlik va osoyishtalikni ta’milash, milliy tiklanish, xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilash, ma’naviy dunyosi boy bo’lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulkan maqsadlar turibdi. Birgina 2021-yil nomlanishining o’zida katta mazmun yotibdi. Ma’lumki, 2021-yil “Yoshlarni qo’llab quvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb e’lon qilindi. Yilning bunday nomlanishi bekorga emas, kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Yoshlarni kelajak hayotga komil ishonch bilan kirib boradigan, o’z fikriga ega qilib tarbiyalash muhimdir. Albatta, jahondagi ko’plab mamlakatlarda insonlarning bevaqt o’limiga sabab bo’lgan koronavirus kasaligining tarqalishi, aholi salomatligiga har doimgidan-da jiddiyroq e’tibor berishni, aholi salomatligini mustahkamlash uchun bir qator chora-tadbirlarni ko’rishni talab qildi. Ana shunday bir davrda 2021-yilning bunday nomlanishi eng maqbul yo’l bo’ldi. Bugungi kunda erishilgan yutuqlardan biri sifatida kichik va xusisiy biznes rivojlanishini qayd etish mumkin. Birgina ushbu sohaning o’zida subyektlar soni ikki barobar ortgan. Ushbu tarmoqdagi korxonalarning 50% oxirgi uch yilda tashkil topgan. Quvonarlisi shundaki, yoshlarni qo’llab-quvatlab 2021-yilning o’zida 92 mingdan ziyod yoshlarning tadbirkorlik rejalari uchun 2 trillion 300 milliard so’m miqdorida kriditning ajratilishi bu boradagi katta amaliy harakat bo’ldi.Joriy yilda ta’lim sohasida ham ko’plab yangilanishlar yuz berdi. “Besh muhim tashabbus” dasturi, “Barkamol avlod” markazlari faoliyati doirasida          36 mingta qo’shimcha to’garaklarning tashkil qilinishi, 874 mingga yaqin bolalarning ushbu to’garaklarga jalb qilinishi quvonarli holat hisoblanadi. Ta’lim muasasalarida kutubxonalar, sport zallari, kompyuter xonalari faoliyatini yaxshilash maqsadida qariyib 100 mingta san’at va sport invertarlari, kompiyuter, 600 mingga yaqin kitoblarning yetkzib berilganligi yosh avlod qalbida daxldorlik va mas’ullik hissini yanada kuchaytirdi. Kelgusi yillarda aholi savodxonligi , oliy ta’limdagi kadrlar soni oshirish ko’zda tutilmoqda. 2030-yilga yetib bu ko’rsatkich 50% tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu esa o’z navbatida ta’limda katta o’zgarishlar kutilayotganidan darak beradi.
Joriy yilda aholi salomatligini taminlashga katta e’tibor qaratildi. Pandemiya sharoitida xalqimizning salomatligi va hayotini asarash maqsadida 2021-yil davlat budjetida 3 trillion zahira shakillantirildi va anashu zahira bugungi kunda xalqimizning koranavirusga qarshi emlashiga sarf qilinmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari soning oshishi, bog’chalarda bolarni qamrab olish ko’rsatkichi sezilarli o’sganligi  sohadagi yuksalish bo’ldi. Kadrlar tayyorlash tizimidagi yangilanish va o’sishlar sohaga katta islohatlar kirib kelganidan daoloat berib turibdi. Joriy yilda raqobatbardosh qadrlarni yetkazib berish, tayyorlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari  soni 141 taga yetkazildi. Bundan tashqari Oliy ta’lim tizimida jahon davlatlari tajribasidan unumli foydalanish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalarning filiallari tashkil qilinishi sohadagi erishilgan yutuq sanaladi. Ta’limning asosiy negizi bo’lgan maktablarga e’tibor joriy yilda yanda ortdi. Respublika xududlarida Prezident maktablarining tashkil qilinishi, ijod maktablarining, ixtisoslashgan maktablarning tashkil topishi ilmga chanqoq yoshlar uchun ayni muddao bo’ldi. So’ngi yillar davomida amalga oshirilgan samarali harakatladan bir sifatida 2019-2021 yillarda maktablarda joriy etilgan 5 muhim tashabbus, maktablarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularni kasbiy yo’naltirish, ijodiy yuksalishi, kitobxonlik madaniyati, musiqa, san’atga ixlos, bandlik, sport kabi sohalrda o’zini ko’rsatishi uchun asos vazifasini o’tadi. Ayniqsa, maktablarda so’ngi yillarda kitobxonlikka bo’lgan talab sezilarli darajda oshdi. Bu esa o’z navbatida badiiy didi, savyasi yuqori yoshlarni voyaga yetkazishga turtki bo’lmoqda. “Yosh kitobxon”,”Kitobxon oila” kabi tanlovlarning tashkil qilishi kitobxonlikni targ’ib qilishda yangi pog’ona bo’lib xizmat qildi. Ko’plab yoshlar ushbu tanlovda qatnashib O’z bilimlarini sinovdan o’tkazib, ancha tajriba ortirdilar.
Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy soha rivojiga ham katta e’tibor qaratildi. Ma’naviy sohani yuksaltirish uchun bir qancha qarorlar qabul qilindi. 2021-yil 26-martda respublikamiz rahbar tomonidan imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori soha rivoji uchun qilinishi zarurchora-tadbirlar, ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.
  Har bir jabhada ana shunday yuksalishni ko’rib, ular ichida yashayotgan barkamol avlod Vatanining har bir chaqiruviga “ labbay” deb javob qaytarishi, har bir o’rinda ana shunday yurtga mos bo’lmoqqa tirishishi aniq.

 
Хива туман ҳокимлиги ахборот хизмати раҳбари М.Юсупов