Rais o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminar.

11.09.2021 392 Yangiliklar
Bugun  Xiva tumandagi 34 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan  raisning obodonlashtirish tomorqa va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha,   oila, xotin- qizlar ijtimoiy  ma'naviy masalalari bo'yicha rais o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi.

▶️ Seminarda eng muhim siyosiy jarayon-Prezident saylovini ochiq va oshkoraligi, shaffofligini hamda saylovchilarni faolligini ta’minlashda mahalla raisi va o‘rinbosarlarining o‘rni xususida .
 ▶️ Fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy prinsiplari, huquqiy maqomi, komissiyalari va jamoatchilik tuzilmalari, yig‘in raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolatlari, yig‘in faoliyatining hisobi va hisoboti, shuningdek, ularni qayta tashkil etish va tugatish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 iyundagi 380-sonli Qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ish olib borish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar saylovga oid savollarga javoblar oldilar. Yig'ilishda viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash  boshqarmasining yurist konsulti, II-  darajali adliya maslahatchisi 
Ataniyazov Ikrom 
Yusupovich 
ishtirok  qildi .