A
Xabaringiz bor, 2019-yil 1-iyundan boshlab, fuqarolarga doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’iy nazar davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlarini ko'rsatish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
✅Bugungi kunda Xiva tumani davlat xizmatlari markazida ham ushbu tartib amalda. Bilasizki, markazimiz Xiva tumanining Shomoxulum mahallasida joylashgan bo'lib, joriy yilning 9 oyi davomida markazimiz tomonidan fuqarolarimizga jami 21970 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan. Biz nafaqat Xiva tumani aholisi , balki markazimizdan uncha uzoqlikda joylashmagan Qo'shkopir tumanining Shixmahshad qishlog'i aholisiga ham eksterritoriallik asosida xizmat ko'rsatib kelmoqdamiz.
✅Bundan tashqari, markazimizning Xiva tumani Dashyoq mahallasida joylashgan filialida ham Oqyop, Bo'ston, Dashyoq, Gulshan, Qoraqum mahallalari aholisiga davlat xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda. Shu bilan birga bu yerda filialga yaqin masofada joylashgan Xiva shahrining Gulshan-2 va Guliston mahallasi fuqarolariga ham davlat xizmatlari ko'rsatish imkoniyati mavjud.
❗️Eslab qoling, Xiva tumani DXM Dashyoq filialida biz hozirgi kunda haftaning 2 kuni:
✔️ seshanba kuni – 9:00 dan -14:00 gacha
✔️ juma kuni - 14:00 dan 17:00 gacha
davlat xizmatlarini ko'rsatamiz.
💯Biz davlat xizmatlarini o'zingizga qulay va yaqin joyda ko`rsatishga hamda mustaqil ravishda onlayn davlat xizmatlari olishingizda huquqiy yordam berishga tayyormiz.
Aloqada qoling :
☎️ 99862-226-20-13
📲 99899-730-29-24