NOGIRONLIGI BO'LGAN, IJTIMOIY XIMOYAGA MUHTOJ BEMOR FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

01.12.2021 326 Yangiliklar
Xiva tumani hokimi X.Matrasulov, tuman prokurori Sh.Abdalniyazov, tuman IIB boshligi B.Xaitbaevlar tumandagi 11 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan, yakka yolg'iz fuqarolar holidan xabar olishib, ularning har biriga bir qopdan un, kartoshka, piyoz, sabzi hamda go'sht va o'simlik yog'i kabi kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etishdi. Jismoniy imkoniyati cheklangan ushbu fuqarolar ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar uchun sektor rahbarlariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Albatta mehr-muruvvatli insonlar bor ekan, ko'ngillar obod bo'laveradi.