Вилоят прокурори ўринбосари сайёр қабули

01.12.2021 386 Yangiliklar
Xiva tumanida viloyat prokurori o‘rinbosari, Adliya katta maslahatchisi Gʻ.S.Abdullayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Viloyat  prokurori o‘rinbosari Gʻ.S.Abdullayevning Xiva tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulida fuqarolarning sud-huquq masalalari, uy-joyga egalik huquqini tiklashda amaliy yordam berish, ekin yeri ajratib berishda amaliy yordam, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratib berishda ko‘maklashish kabi qator muammo, talab va takliflari eshitilib, har bir murojaat nazoratga olindi. Sayyor qabulda asosiy e’tibor fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga  qaratildi.