Xivа tumanida “Zo‘ravonlikni darhol bartaraf etamiz!” тадбири

01.12.2021 359 Yangiliklar
25 noyabr “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” dan 10-dekabr “Xalqaro inson huquqlari kuni” gacha bo‘lgan 16 kunlik davrda butun dunyo bo‘ylab ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga start berildi. Shu munosabat bilan tumandagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, IIB,yoshlar ittifoqi bo‘limi va xalq ta’limi bo‘limlari ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Dosova tomonidan ayollarni huquqlari va manfaatlarini ximoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni jamiyatdagi mavkeyini yanada kuchaytirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.