XIVA TUMANI FUQAROLAR YIGʻINLARI RAISLARI VA O‘RINBOSARLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

03.12.2021 276 Yangiliklar
 Tumanda faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun tashkil qilingan o‘quv-seminarida  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi Sh.Ro‘ziyev ishtirok etib, fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari xususida gapirib o‘tdi. Shuningdek tadbirda  xotin-qizlarning oilada, mahalla va mehnat jamoalaridagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalarining vazifalari hamda ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha huquqiy asoslariga to‘xtalib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.