Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan bugun qishloq xo‘jaligi xodimlari tuman hokimligi majlislar zaliga taklif etildi.Bayram tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi X.Matrasulov hamda sektor rahbarlari joriy yilda tumanda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan zaxmatkashlarni bayram bilan muborakbod etdishdi.
Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etilib, bir guruh eldoshlarimizga “Ilg‘or fermer”, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.