SUYULTIRILGAN GAZ BO‘YICHA MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA

07.06.2022 257 Yangiliklar


“Xivatumangaz” ta’minoti bo‘limida suyultirilgan gaz bo’yicha murojaatlarini tezkorlik bilan hal qilishga e’tibor kuchaytirilgan. “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialining direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida “Xivatumangaz” bo‘limi boshlig‘i va mutaxassislari tomonidan tuman mahallalarida o‘tkazilayotgan Sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari  o‘rganilib joyida hal qilinmoqda va ularning qiynab kelayotgan  savollariga javob berilib  fuqaro murojaatlari nazardan chetda qolayotgani yo‘q

Sayyor qabul jarayonlarida suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan xududlarda yashayotgan fuqarolarimiz tumangaz bo‘limi tomonidan uzliksiz ravishda imtiyozli narxlarda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.. Fuqarolarimizga gaz ta’minotida biror bir taklif yoki muammolari bo‘lsa birinchi navbatda “Xivatumangaz”gaz ta’minoti bo‘limida tashkil qilingan “Ishonch” 62-377-51-04  (95)621-09-91, (95)621-09-92 telefonlari orqali bog‘lansalar ularning murojaatlari tezkorlik bilan ijobiy xal qilinishi to‘g‘risida tushuntirish olib borilmoqda.

Jumladan 2022 yil 3 iyun kunida Xiva tuman Soyot maxallasi Gullanbog Eshonlar ko’chasi 85 uyda yashovchi fuqaro Madrimov Azamat Matchanovich tumangaz ishonch telefoni orqali gaz ballonidan gaz sizib chiqayotganligi to’grisida qilgan murojaati tumangaz mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan o’rganilib  murojaati   ijobiy xal qil qilindi.

 

«Хиватумангаз» газ таъминоти бўлими 

 

“Мурожаатлар билан ишлаш”

етакчи мутахассиси:                                                                                           Ш.Заргарова