Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilarning asosiy vazifalari nimalardan iborat ? 

03.08.2022 345 Yangiliklar

   


 Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida belgilangan hududdagi har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish nazarda tutilgan bo‘lib, uchastkalarga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman (shahar) Ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

 Maxsus o‘qitilgan uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar (registratorlar) o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.

   Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olinadi va shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi.

  

 ✅ Manba: Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qarori bilan tasdiqlangan   “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”