Ushbu yigʼilishda Xiva tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi 4-sektor raxbari O.Fayzullaev sektor hududidagi 7 ta mahallaga biriktirilgan Hokim yordamchilari tomonidan iyul oyida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish va kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash boʼyicha kunlik amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.
Shu bilan birga Yoshlar yetakchilarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-sonli Qaror talablari bo’yicha yoshlarga ko’rsatildaigan yordamlar to’g’risida huquqiy tushuntirish berib, bugungi kunda “Yoshlar daftari” da muamolari mavjud 19 ta yoshlarning muammolarini hal qilib “Yoshlar daftari”dan chiqarish choralarini koʼrish masalasi yuzasidan hamda Yoshlar daftari platformasidan kelib tushayotgan onlayn arizalarni 3 kun muddatdan oshirmasdan oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi taʼminlash boʼyicha topshiriqlar berib oʼtdi.
Sektor hududidagi Mahalla hotin-qizlar faollariga Аyollar daftarida mavjud 539 nafar xotin-qizlarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʼrganshi va hal etish tiimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi VM-145-sonli Qaror talablari boʼyicha xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarlarga oʼqitish va ularga huquqiy, psixologik, tibbiy xizmatlarni koʼrsatish hamda boshqa masaladagi yordamlarni koʼrsatish ishlarini amalga oshirish boʼyicha huquiy tushuntirishlar berib, bir qator vazifalar topshirildi.