MUROJAAT ORTIDAGI MUAMMOLAR

11.08.2022 443 Yangiliklar

                   “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali “Xivatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limida murojaatlarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni tahlil etish va ularni bartaraf etish boyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

“Xivatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i va malakali mutaxassislari tomonidan fuqarolarni qabul qilib ularning muammolarini eshitib qonun doirasida ijobiy xal qilish choralari ko‘rilmoqda.Jumladan: O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali “Soyot” MFY Muxandislar  ko‘chasi 42-uyda yashovchi Ollamova Dinora Doniyor qizi suyultirilgan gaz ballonini to‘ldirib berish bo‘yicha murojaat qildi .Murojaat yuzasidan tumangaz xodimlari tomonidan  gaz ballon suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib yetkazib berildi.

Murojaatlarning   ko’pchiligi fuqarolar mahallasini tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulab berish to‘g‘risidagi qilingan murojaatlar. Jumladan: O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga veb sayt orqali Xiva tuman Kushchi Kattabog maxallasida yashovchi Bobojanov Bunyod va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali Sapcha maxallasida Bogbonlar 31 uyda yashovchi Sadullaev Anvar Ollabergan o’g’li tomonidan maxallasini gaz tarmogiga ulab berishda amaliy yordam berish yuzasidan qilgan murojaatlari yuzasidan fuqarolarga xuquqiy ma’lumot berildi. 

Fuqarolarimizni gaz ta’minotida biror bir taklif yoki muammolari bo‘lsa birinchi navbatda “Xivatumangaz”gaz ta’minoti bo‘limida tashkil qilingan “Ishonch” 62-377-51-04  (95)621-09-91, (95)621-09-92 telefonlari orqali bog‘lansalar ularning murojaatlari tezkorlik bilan o’rganib chiqilishi to‘g‘risida bildiramiz.

“Xivatumangaz” ta’minoti bo‘limi 

Nazorat va murojaatlar yetakchi mutaxassisi                                                           G.Jumaniyozova.