0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Barchamizga ma’lumki mamlakatimizda davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Buning misolida muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5415-sonli Farmoniga asosan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, birinchi navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni ko‘llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yaxlit tizimini joriy etish yo‘li bilan amalga oshirishni ko‘zlovchi adliya organlari va muassasalari zimmasiga bir qator vazifalar yuklatildi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish, shu jumladan inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Xiva tuman adliya bo‘limiga
2022-yilning III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
Xiva tuman adliya bo‘limiga 2022-yilning III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 220 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 152 ta murojaat (yoki 71 foizi) qanoatlantirildi va 61 tasiga (28,5 foizi) huquqiy tushuntirishlar berilgan, 6 tasi hisobot oxirida qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Mazkur murojaatlarning 167 tasini ko‘rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi va 84 tasi bo‘yicha joyiga chiqib bevosita murojaat etgan fuqaro ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Bo‘limga kelib tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, 39 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 10 tasi qonun hujjatlarini tushuntirish yuzasidan, 1 tasi ta'limga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 64 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 1 tasi uy-joyga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 1 tasi kommunal to'lovlar yuzasidan, 1 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 1 tasi banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 102 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni tashkil qiladi.
Qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, ommaviy axborot vositalarida va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijasiga ko‘ra, aholini murojaat qilishga eng ko‘p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o‘zida bartaraf etish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining asosiy vazifasi ekanligi masalasida tumandagi mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari hamkorligida joylarda targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlarni tashkil qilinishiga kelishib olindi.
Xiva tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni to‘liq va o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijasi bo‘yicha kelgusida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Davlat rahbarimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan g‘oya hayotda o‘z ifodasini topayotgani xalq manfaatlari ta’minlanishiga hamda inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishiga xizmat qilmog‘i, ana shu maqsad yo‘lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz lozim.
Zero muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”.
Xiva tuman adliya bo‘limiimi