XALQIMIZ QUVONCHI BIZNING QUVONCHIMIZ.

06.03.2023 233 Yangiliklar

                                         

Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni do‘stona va birodarlik bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga suyultirilgan gazni yordam sifatida bepul berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmonga asosan Xorazm viloyatiga suyultirilgan gaz ortilgan vagonlar yetib kelib,“Xivatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi malakali mutaxassislari va mahalla fuqarolari yigini raisi tomonidan shakllangan ro’yxat asosida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 iyuldagi 193-sonli qaroriga asosan gaz etib borishi qiyin bo’lgan hududlar extiyojmand aholilariga  bepul gaz ballonlar etkazib berilmoqda.

Fuqarolarimizni gaz ta’minotida biror bir taklif yoki muammolari bo‘lsa birinchi navbatda “Xivatumangaz”gaz ta’minoti bo‘limida tashkil qilingan “Ishonch” 99-279-91-13, (95)621-09-91, (95)621-09-92 telefonlari orqali bog‘lansalar ularning murojaatlari tezkorlik bilan o’rganib chiqilishi to‘g‘risida bildiramiz.

 

“Xivatumangaz” ta’minoti bo‘limi 

Nazorat va murojaatlar yetakchi mutaxassisi                                                         G.Jumaniyozova.