0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuiridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Xiva tuman bo’limida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuiridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Ijro etuvchi appartining topshirig’iga asosan “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida Huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari ishtirokidaseminar-trening o’tkazildi.
Seminar-treningda Xiva tuman IIB JQHHPB PI katta leytenant K.Masharipov ishtirok etdi
Yig'ilishni Pensiya jamg'armasi Xiva tuman bo'limi boshlig'i o’rinbosari D.Sadullaev ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi PF 5729- sonli bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda Korruptsiya qarshi kurashish davlat dasturi belgilangan vazifalarni bajarish shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’grisida”gi O’RQ 419 – sonli qonuni Farmoni ijrosini ta'minlash, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan Pensiya jamg'armasi xodimlari mas'uliyatni oshirish maqsadida bo'limga taklif etilgan IIB profilaktika inspektori katta leytenant K.Masharipovni bo'lim hodimlariga tanishtirib, so'zni unga berdi.
K.Masharipov so'zga chiqib, bo'lim hodimlarini viloyat, tuman (shahar)lardagi tashkilot va muassasalarda Korrupsiya hamda boshqa huquqbuzarliklar yuzasidan sodir etilgan jinoyat ishlari to'g'risida tanishtirib, ularning oqibatlari bo'yicha ma'lumot berib o'tdi.
Shu bilan bir qatorda yig'ilish qatnashchilariga Pensiya jamg'armasi tizimida bu kabi salbiy holatlarni yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, zudlik bilan amalga oshiriladigan har bir chora-tadbirlar bo'yicha alohida to'xtalib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019 yildagi PF 5729- sonli bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda Korruptsiya qarshi kurashish davlat dasturi belgilangan vazifalarni bajarish shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’grisida”gi O’RQ 419 – sonli qonuni “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6257-son Farmoni yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturining mazmun mohiyati va maqsadi bo'yicha yana bir bor tushuntirishlar berib, tizim hodimlarini halollik va poklik ortidan erishiladigan obro' e'tiborda yurishlikka chaqirdi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muqokama qilinib tegishli qaror qabul qilindi