#Jarayon Xiva tumani hokimligining ishchi guruhi tomonidan "Reklama to‘g‘risida"gi hamda "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazildi.Tashrif davomida hujjat va ish yuritish, peshlavhalar, e’lonlar hamda ko‘rgazmali materiallarning davlat tilida yuritilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, til madaniyatiga rioya qilishi ham baholandi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.Til millatning boyligi va bebaho mulki, shunday ekan uni birga asrab avaylashimiz lozim.




