2025-2026-yillardaOʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

27.05.2025 130 Yangiliklar
  1. Aholini roʻyxatga olish zarurati faqat demografik koʻrsatkichlar bilan chegaralanib qoladimi?
Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.
      2. Shuningdek, roʻyxatga olish nimani beradi? 
 Aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.
 
    3. Joriy yilda Axolini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha nimalar amalga oshirildi?
     Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  mutaxassislari hamda intervyuyerlaridan iborat ishchi guruh tomonidan yuqoridagi mahallalarda aholi xatlovi amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida “Raqamli mahalla” platformasidagi maʼlumotlarning sifati, aniqligi va shaffofligini oʻrganish hamda aholini roʻyxatga olish ishlariga yanada puxta tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.
Aholini roʻyxatga olish esa 2025−2026-yillarda oʻtkazilishi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanishi va eʼlon qilinishi belgilangan.
Xivatumanstatistika bo‘limi