O‘zbekiston Respublikasida oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlikka qarshi kurash

16.10.2025 5 Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlikka qarshi kurash: Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining faoliyatida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlik bilan bog‘liq jinoyat hamda ma’muriy huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qator muhim islohotlar amalga oshirilib, jadal ishlar olib borilmoqda. 
Bu borada davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — oilani himoya qilish, ayol va bolalarning huquqlarini ta’minlash, shuningdek, jamiyatda huquqiy ongni oshirishdir.
O‘zbekistonda 2020-yilda "Oilada zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida" yangi qonun qabul qilinishi, shuningdek, jinoyat kodeksi va ma’muriy javobgarliklar tizimida zarur o‘zgartirishlar kiritilishi oilaviy zo‘ravonlik holatlariga nisbatan qat’iy chora ko‘rishni ta’minladi. Bu qonunchilik choralari zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va jinoyatchilarni jazolashda muhim omil bo‘lmoqda.
Shuningdek, bu borada tizimli profilaktika ishlari, psixologik yordam xizmatlarini tashkil etish, ijtimoiy xabardorlik kampaniyalari orqali zo‘ravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab dasturlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini bevosita sud-huquq tizmi faoliyatida, xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida 2025-yilining 9 oyi davomida ko’rilgan ishlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Jumladan, tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 411-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 14 nafar shaxsga nisbatan 13 ta ma’muriy ko’rib chiqilib, shundan 2 nafar shaxsga nisbatan 2 ta ma’muriy ish jabrlanuvchining da’vosi yo’qligi inobatga olingan holda ish yuritishdan tugatilgan bo’lsa, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan 5 nafar shaxga nisbatan jarima jazosi, 7 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo’llanilgan.
Xuddi shuningdek, MJtKning 592-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 61 nafar shaxsga nisbatan 56 ta ma’muriy ko’rib chiqilib, shundan 46 nafar shaxsga nisbatan 41 ta ma’muriy ish jabrlanuvchining da’vosi yo’qligi inobatga olingan holda ish yuritishdan tugatilgan bo’lsa, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan 9 nafar shaxga nisbatan jarima jazosi, 7 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo’llanilgan.
Shu o’rinda, shuni ta’kidlash lozimki, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlik jamiyatimizning eng jiddiy muammolaridan biridir. 
Shu bois, har bir fuqaro qonunlarga hurmat bilan qarab, ularga rioya etishi, bunday salbiy harakatlardan tiyilishi, oilaviy muhitni asrab-avaylashi va xotin-qizlarning huquqlariga hurmat bilan qarashi sog‘lom oilalar va munosabatlarni shakllanishiga, oilalarning yanada mustahkam bo‘lishiga, jamiyatimizda o‘zaro ishonch va hamjihatlikni oshishiga zamin yaratib,  ijtimoiy barqarorlikka hissa qo’shadi.

Jinoyat ishlari bo’yicha  Xiva tuman sudining tergov sudyasi  
                   R.Bobajanov