Assalomu alaykum aziz hamyurtlar, tumanimiz fuqarolari va mexmonlari!Joriy yilning 10 oyi maboynida Xiva tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar havfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, buni natijasida
qotillik, bosqinchilik, talonchilik, nomusga tegish, o‘g‘irlik turlaridan do‘kon, ombor va avtotransport vositalaridan o‘g‘irlik, telefon, velosiped o‘g‘irligi avto transport olib qochish jinoyati sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi, firibgarlik jinoyati kamayishiga erishildi.Tashabbus bilan,
26 ta giyohvandlik,
6 ta noqonuniy ov quroli saqlash,
2 ta qimorxona tashkil qilish,
3 ta elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish,
3 ta Valyuta ayriboshlash,
3 ta foxisha xona saqlash va
7 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlandi.
Qilinayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalsam. Xususan tumanimizda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyat turlaridan og‘ir tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravonlik, o‘g‘irlik, o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish, aliment, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l transport hodisasi, jinoyatlari ko‘payishiga yo‘l qo‘yildi.
Turlari bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarining ko‘pchiligi, piyodalar tomonidan yo‘llarning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tishi oqibatida sodir etilgan bo‘lib, bular asosan Soyot va Istiqlol maxallasi xududidan o‘tgan avtomabil yo‘llariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, xonadonlarda sodir qilingan o‘g‘rlik jinoyatlarning taxlil qilinganida qo‘riqlash xizmati imkoniyatidan oqilona foydalanilmayotganligi sababli kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda, shu fursatdan foydalanib tumanimiz axolisidan o‘z mol mulkingizni asrashingizni mol mulkingizni qarovsiz qoldirmaslingizni ularni qo‘riqlash tizmiga ulash orqali, xavfsiz muxitni taminlashingizni xamda doimio ogox bo‘lishingizni so‘rab qolaman, Shu bilan ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldi olinadi.
Aziz hamyurtlar!
Hozirgi zamonda tobora ommalashib borayotgan kiber makonda o‘g‘irlik hamda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar kun va vaqt sayin oshib bormoqda.
Ushbu turdagi jinoyatlar deyarli har bir fuqaromizning bevosita shaxsiy havfsizligi bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolarimiz tomonidan foydalanib kelayotgan bank plastik kartalaridan pul moddiy qiymatliklarining masofaviy o‘zlashtirishning biron bir imkoniyati mavjud emasligi ayni haqiqat bo‘lib, biroq kiber makondagi ommaga noma’lum bo‘lgan hakkerlar tomonidan turli aldov va chalg‘ish yo‘llari orqali sizning bank kartangizdan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritib, pullaringizni masofaviy o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda biz ichki ishlar xodimlari mazkur hakkerlar tomonidan ushbu aldov va chalg‘itish yo‘llarini oldindan aniqlab, ularni sizning ixtiyoringizga imkon qadar tezlikda yetkazishga harakat qilamiz. Buning uchun sizdan, o‘zingiz yashab kelayotgan mahallaning telegram ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlarga doimiy a’zo bo‘lib, ushbu guruhlarga mas’ul xodimlar tomonidan kunlik joylab boriladigan ogohlikka chaqiruvchi videoroliklarni kuzatib, ularga doimiy ravishda amal qilishlaringizni iltimos qilgan bo‘lar edik.
Qadirli tumanimiz fuqarolari, shu bilan bir qatorda, yo‘l transport hodisalari, o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolmasliklaringiz uchun o‘zingiz va atrofingizda sodir bo‘layotgan har bir shubhali holatlarga befarq bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman.Barchangizni oilangizga tinchlik-hotirjamlik tilab, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida yelkama-yelka xizmat qilishga chorlab qolamiz.
Akmal Matchanov
Xiva tuman IIB boshlig‘i
2025 yil 04 noyabr