O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjat sanaladi.
Ushbu qonunda sohaga oid bir qator tushunchalar qatorida aholini ro‘yxatga olish sanasiga aniq ta’rif berilgan bo‘lib, bu tushuncha aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish amalga oshiriladigan aniq payt (yil, oy, kun va soat) ni ifodalaydi.
Аholini ro‘yxatga olish tadbiri 10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishi mumkin. Bu tadbir bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham ma’lumotlar aniq bir vaqtda - aholini ro‘yxatga olishning birinchi kuni boshlanish soatidagi (2023- yil 1- noyabr soat 00:00) holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi. Masalan, chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u aholi ro‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u to‘g‘risidagi ma’lumotlar aholi ro‘yxatiga kiritiladi.