Ma’lumki, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish ishlari, mamlakatimizda bu bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan 3 bosqichda olib boriladi. Ana shu jarayonning sifatli va samarali o‘tkazilishida targ‘ibot ishlarining o‘rni va ahamiyati kattadir. Aynan 1-bosqichda tadbirni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot qilish, tushuntirish ishlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan tadbirga bugungi kundan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotganligining boisi, birinchidan, aholiga ushbu umummilliy tadbirning mohiyatini, davlatimiz taraqqiyotidagi rolini anglatish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarimizning voqelikdan xabardorligi orqasidan jarayonda faol ishtirok etishiga erishishdir. Chunki ro‘yxatga olish ishlari yakuniga ko‘ra olinadigan ma’lumotlar tuman, shahar, viloyatlar kesimida umumlashtirilib, butun mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik ko‘rsatkichlarini o‘zida ifoda etadi.
Xiva shahrida shu yilning 1-25- noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari davomida targ‘ibot ishlarining muhim va zarur amaliyot ekanligi yaqqol ko‘rindi.
Viloyat statistika boshqarmasining tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari har haftada umumta’lim maktablarida, turli idora va tashkilotlarda aholini ro‘yxatga olish tayyorgarlik doirasida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Maqsad bir – “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazishdan iborat.