Aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazishda fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarining ishtiroki juda muhim

12.04.2022 352 Yangiliklar

  Ma’lumki, aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda respondentlar haqidagi ma’lumotlar mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida yig‘iladi.  O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishining asosiy mezonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga ko‘maklashishi, aholi o‘rtasida vakolatli idoralar tomonidan o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot jarayonida bevosita ishtirok etishi, tadbirni o‘tkazish davomida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan. 
        Bugungi kunda butun mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik, tadbirning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqqan holda, keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ishonamizki, mahallalar bilan hamkorlikda 2023- yilda o‘tkaziladigan asosiy aholini ro‘yxatga olish tadbiri yuqori darajada tashkil etiladi.