O'quvchilarning sifatli ta'lim olishlari bilan bir qatorda ularni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha xalq ta'limi vazirining yangi g'oya va tashabbuslari ilgari surilmoqda.
Bugun Xiva tumanidagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari "Ustoz-shogird" tamoyili asosida "Kasblar oyligi" doirasida Xiva shahridagi "Xiva gilamlari" ishlab chiqarish korxonasi faoliyati va Ichan qal'adagi hunarmandchilik ishlari bilan tanishdilar.
Bitiruvchi yoshlarning o'z ustozlari bilan bevosita ishlab chiqarish jarayonini kuzatishlari o'quvchi yigit qizlar qalbida kelgusida o'zlari uchun kasb tanlashlarida muhim qadam bo'ldi.